kathaq@mail.ru

“BOTANIC HERBS” MCHJda DORIVOR O‘SIMLIKLAR YETISHTIRILADI


Kattaqo‘rg‘on tumani, Qo‘shhovuz MFY hududidagi “Botanic Herbs” MCHJ ga Baxtiyorjon Tursunov rahbarlik qiladi.

Dorivor o‘simliklarni, xususan, Momaqaymoq, Moychechak, Lavanda,  Masxar yetishtirishga mo‘ljallangan loyihaning umumiy qiymati 5,5 mlrd. so‘m bo‘lib, quvvati 195 gektarga rejalashtirilgan. 
Shu o‘rinda masxar o‘simligi haqida mutaxassilar ma’lumotiga asosan quyidagilarni aytib o‘tishni lozim topdik. Murakkab-guldoshlarga mansub bir, ikki va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi masxar moyli ekindir. Uning aksariyati O‘rta dengiz atroflari, G‘arbiy va O‘rta Osiyoda o‘sadigan 19 turi ma’lum. Masxar  Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Yevropa mamlakatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarda ekiladi.O‘rta Osiyoda faqat O‘zbekistonda, xususan, Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari lalmi yerlarida ekilardi. Bugungi kunda masxar Kattaqo‘rg‘on tumanida ham ekila boshlandi.   Masxar bir yillik issiqsevar, sho‘r yerga, qurg‘oqchilikka juda chidamli ekin bo‘lib,uning  urug‘i tarkibida 47-61 foizgacha oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Moyi yuqori sifatli margarin, texnikada oqsariq bo‘yoq va emallar tayyorlashda ham ishlatiladi. Maxsar kunjarasi chorva mollari uchun, urug‘lari esa parrandalar uchun yaxshi oziqadir. Shuningdek, maxsar gullaridan tabiiy bo‘yoq ham  olish mumkin ekan.
- Hozirda faqat 50 gektar yerga masxar ekilgan bo‘lib,12 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan, - deydi “Botanic Herbs” MCHJ rahbari Baxtiyorjon Tursunov biz bilan suhbatda.- May oyida 91 ming AQSH dollarga mahsulot eksport qilindi. Hozirda qolgan dorivor o‘simliklarni ekishga ham tayyorgarlik ko‘rilyapti.


Jahongir SAFAROV.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?