
Tumanda 2023-yil qishloq xo‘jaligi boshlanishi barakali keldi. Dehqonchilikning ilk hosili hisoblangan pilla topshirish rejasi uddalandi.
Tumandagi 247 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 3600 ta xonadonlarda 6414 quti qurt urug‘i parvarishlanib, 372 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi pilla yig‘ib olindi. Mehnatkash pilla boquvchi kishilar kuniga 20-30 bog‘ tut dastalarini tashib, tunu-kun ipak qurtlarini boqdi va ulkan xirmon yaratdi. Halol mehnati tahsinga loyiq. Buning natijasida 3600 nafar pilla yetishtiruvchilar bir yillik ish stajiga ega bo‘lib, ularning xonadonlariga 9.3 milliard so‘m mablag‘ kirib bordi. Pilla rejasini Elmurod Qurbonov, Mardi Sultonov, Oxunboboyev va O‘zbekiston hududlari pillakorlari birinchilardan bo‘lib ortig‘i bilan bajardi. Tumanda ipak qurti boqish uchun ozuqa bazasi yaxshilanib, bugungi kunda Burgansoy, Yonboshsoy va Jizmonsoy kabi olis va tog‘li mahallalarda ham odamlar ipak qurti boqib, daromad topmoqda.
Yetishtirilgan quruq va ipakchanligi yuqori bo‘lgan pillalar korxonaning o‘zida qayta ishlanib, Xitoy davlatiga eksport qilinmoqda.
O‘z muxbirimiz.



