kathaq@mail.ru

ISHGA QABUL QILING VA IMKONIYATLARDAN FOYDALANING!


Barchamizga ma’lumki, nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish qonun bilan taqiqlanadi, shunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 5-moddasi ham “xodimni va ish beruvchini mehnat shartnomasini tuzishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilab qo‘yilgan.
Lekin, muhtaram Prezidenti tomonidan barcha yo‘nalishda tadbirkorlik sub’yektlariga, faoliyatini kengaytirish va yashash umrini uzaytirish borasida hamma shart-sharoitlarni yaratish bilan, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ya’ni, Prezidentning “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlarini yangi pog‘onaga olib chiqish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Yangi O‘zbekistonda fuqarolarimizni bandligini ta’minlash orqali, kambag‘allikni qisqartishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan tadbirkorlik sub’yektlariga yangidan-yangi  imtiyozlar berilmoqda.
Xusan, shu maqsadda joriy yilning 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi belgilangan va dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 mlrd. dollar ajratilishi nazarda tutilgan.
Bu mablag‘lar hisobidan:
Kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;
Tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. 
Jumladan, kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
- kambag‘al oila a’zosi daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- 5 mln. so‘mgacha ish haqi to‘layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.
Dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona ma’murchiligida yengilliklar oladi. Xususan:
- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi;
- ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;
- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to‘lash imkoni beriladi;
- bojxona to‘lovlarini sug‘urta kafolatisiz olti oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, dasturda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi.
Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan ta’minlashda qo‘shimcha yengilliklar beriladi:
- yer, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
- qiymati 50 mlrd. so‘mdan yuqori loyihalar bo‘yicha infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
 Tadbirkorlik sub’yektlariga yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik ham belgilangan.
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligida beminnat xizmat qilayotgan hurmatli tadbirlarimizga nisbatan bu yurtboshimizning ishonchi, shuning uchun o‘zlaringizning xoxish va istaklaringiz asosida shart-sharoitlaringizdan kelib chiqib mazkur imkoniyatlardan barchalaringizni foylanishga chaqiraman.



Egamberdi RO‘ZIYEV, 
Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?