kathaq@mail.ru

MAQSAD – OVORAGARCHILIKLARNING OLDINI OLISH


Hozirda aholiga fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini oson va qulay sharoitlarda ko‘rsatish, tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, nikoh tuzish va nikohdan ajralganlik holatlarini qayd etishda ovoragarchiliklarning oldini olish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni va undagi navbatlarni bartaraf etish hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 540-sonli qarorida bunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan bajariladigan ishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Qarorga ko‘ra, tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi belgilanib, u 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilmoqda. Ushbu tartibga ko‘ra, tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi hamda tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.
Bundan tashqari, hozirgi kungacha fuqarolar o‘zining yashash hududidagi yoki ekstritreal tatrtibdagi xohlagan FHDYO bo‘limiga nikohga kirish uchun ariza berar edi va nikoh aynan shu FHDYO bo‘limida qayd qilinar edi. Endilikda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida nikoh bir FHDYO bo‘limiga ariza berilgandan keyin ikkinchi FHDYO bo‘limida qayd qilish imkoniyati yaratildi. Masalan, fuqaro Buxoro viloyati FHDYO bo‘limlarining biriga nikohga kirish uchun ariza beradi va ularning nikohi Samarqand viloyatining FHDYO bo‘limlarida qayd qilinishi mumkin. 
Shuningdek, mazkur qaror bilan nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish tartibi ham bekor qilindi.


Nigora ZAFAROVA,
Kattaqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi 
II toifali inspektori.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?