kathaq@mail.ru

YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYASI


Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, ayniqsa, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolatdir. 

Joriy yilning  9-10 mart kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini moddama-modda ko‘rib chiqishdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda. 
Oliy Majlisda Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgani, ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani aytildi. Hamda shulardan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilish uchun barcha asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi . O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xalqning o‘zi Konstitutsiyaviy islohotlarda faol ishtirok etdi. E’lon qilingan Konstitutsiyaviy islohot boshlanganidan buyon xalqimizdan  220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ana shu takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shakllantirildi. Bu esa yangi Konstitutsiya tom ma’noda Xalq Konstitutsiyasiga aylanib bormoqda degani.
Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengaymoqda, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining mas’uliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paymoqda. Shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida Senatni ixchamlashtirish, Senatorlar sonini amaldagi 100 nafardan 65 nafarga qisqartirish taklif etilmoqda.
 Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoshlarimiz masalasiga ham e’tibor berilib, ularning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning Konstitutsiyaviy majburiyati ekani belgilanmoqda. Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda.
Bosh qomusimizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Shuningdek, jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
"O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" degan Konstitutsiyaviy tamoyil belgilanmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiya, avvalambor, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni, eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilgan. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda.  Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyasimiz shunisi bilan ahamiyatga egaki, unda barcha toifalar — yoshlar, ayollar, nogironlar, o‘qituvchilar va hatto adashib jinoyat yo‘liga kirganlarning ham huquq va manfaatlari o‘z ifodasini topgan. 
Yangilanayotgan Konstitutsiyasimizda quyidagilar o‘z ifodasini topmoqda:
 - O‘zbekiston davlatining huquqiy maqomi bo‘yicha qat’iy normalar kiritilmoqda; - Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilanmoqda; - Ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyiliga qaratilgan ijtimoiy davlat belgilari o‘z ifodasini topdi; - Aholi sog‘lig‘ini saqlashning Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlanmoqda; - Ta’lim olish huquqi va o‘qituvchilar – Konstitutsiya himoyasida; - Majburiy mehnat taqiqlanishining Konstitutsiyaviy kafolatlari belgilanmoqda; - Bozor mexanizmlari yanada rivojlantiriladi va xususiy mulk daxlsizligi kafolatlanadi; - Yoshlar, bolalar, ayollar huquqlari – davlat himoyasi ostida bo‘ladi; - Fuqarolarning ekologik huquqlarini himoya qilishga oid normalar Konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda; - Davlat hokimiyati tizimi tubdan isloh etilib, parlamentarizm yanada kuchaymoqda;-Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlari kuchaytirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Yangilangan Konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslanib yangilanmoqda.
Ha, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni va u jamiyat,xalq uchun ishlashi, uning talab va ehtiyojlarini qondirishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda,xalqimiz takliflari asosida yangilanayotgan ushbu Konstitutsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq uchun ishlaydigan hujjat bo‘lmoqda.  
 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum 30 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Men o‘z taqdirmiga befarq emasman! Siz ham o‘z taqdiringizga befarq bo‘lmang va  referendumda faol ishtirok eting!


Eshpo‘lat SAFAROV, jurnalist.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?