kathaq@mail.ru

ELEKTR O‘G‘RISI QO‘LGA TUSHIRILDI


Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “Samarqand HETK” AJga qarashli “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 2023 yilning 17 fevral kuni o‘tkazilgan tekshirishda fuqaro Shaxobiddin Muratov o‘ziga tegishli bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on tumani Alijon MFY Navro‘z qishlog‘ida joylashgan parrandachilikka ixtisoslashtirilgan tovuq fermasida o‘rnatilgan elektr hisoblagichning himoya qopqog‘ini yechib olib, elektr hisoblagichga ulangan simlarga qo‘shimcha simlarni ulab, tashqi ta’sir ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori talablariga zid ravishda elektr energiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy foydalanganligi natijasida “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasiga jami 109 mln. 887 ming 840 so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan. 
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Shaxobiddin Muratovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Adolat qaror topdi. “Uddaburon” iste’molchining qilmishi sabab yuzaga kelgan zarar uning hisobidan qoplanadigan bo‘ldi. U keltirilgan zararni to‘lashi bilan birgalikda ma’lum miqdorda jarima jazosiga ham tortiladi. 
Biz bu bilan basharti oramizda Shaxobiddin Muratov singari ne’matlar haqiga xiyonat qiladigan, o‘zgalarga yetib boradigan ta’minotni o‘zlashtiradigan kimsalar bo‘lsa ogohlantirmoqchimiz. Qing‘ir ishning qiyig‘i baribir oshkor bo‘ladi.


A.MAMATMURADOV,
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi Tezkor bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?