kathaq@mail.ru

QUTURISH XAVFLI KASALLIK!


Quturish kasalligini nazorat qilish xalqaro global tashkilotining aylanasining ma’lumotlariga binoan, dunyo miqyosida har yili o‘rtacha 55 ming kishi quturish kasalligi oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda. Quturish kasalligi dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida uchraydi, ammo o‘z mamlakatlariga olib kiriladigan hayvonlarga nisbatan qat’iy cheklov tartiblari o‘rnatilganligi sababli Buyuk Britaniya, Mal’ta, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Yaponiyada bu kasallik qayd etilmaydi.

Quturish kasalligi ikki xil turda uchraydi. Birinchisi, ya’ni quturishning tabiiy turida kasallikning rezervuari va manbalari yovvoyi hayvonlar: bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, bo‘rsiq, mangust va ko‘rshapalaklar hisoblansa, quturishning ikkinchi antropurgik, ya’ni aholi yashash joylarida esa kasallik manbalari it, mushuk va ayrim uy hayvonlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi sharoyitida odamlar uchun 90 foizdan ortiq holatlarda quturish kasalligining manbai itlar hisoblanadi.
Insonlarda qayd etiladigan quturish kasalligining yashirin davri, ya’ni hayvon tishlagandan yoki undan so‘laklangandan keyin kasallik alomatlari paydo bo‘lgunga qadar o‘tadigan vaqt 7 kundan bir yilgacha davom etishi mumkin, ammo hayotda bu davr 30-90 kunni tashkil etadi. Yashirin davrining qisqa va uzoq davom etishi virusning patogenlik xususiyatiga, tishlangan organizmning qarshi kurashish holatiga, jarohatning qayerda joylashganligiga, katta-kichikligiga va chuqur yuzakiligiga bog‘liq bo‘ladi. Jarohat bosh va yuz sohasida bo‘lsa yashirin davr qisqaradi. Insonlarda quturish kasalligining kechishiga qarab uch davrga bo‘linadi: ya’ni boshlang‘ich, qo‘zg‘alish va falajlanish davrlari.
Kasallikning boshlang‘ich davri 1-3 kunda davom etadi, ya’ni oldin tishlangan jarohat joyi qichiydi, tortishib og‘riydi, bitgan jarohat joyi yoki chandiq takroran yallig‘lanadi.Bemor tushkunlikka tushadi, odamlar bilan muloqotdan qochishga harakat qiladi, uyqusi buzulib ishtahasi bo‘g‘iladi. Bemorda qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, kayfiyati o‘zgarib atrofga loqayd bo‘ladi, eshitish va ko‘ruv hislari sezgirligi nisbatan oshadi. Kasallik alomatlari boshlangandan keyin 3-5 kun ichida qo‘zg’alish va falajlanish davrlari ro‘y berib bemor vafot etadi. Shu bugunga qadar jahon tibbiyot amaliyotida quturish kasalligini davolashning iloji yo‘q va u 100 foiz o‘lim bilan tugaydi. Bu bilan quturishga gumon qilingan it va boshqa hayvonlarni tishlashidan jabrlanganlar o‘limga mahkum ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak, chunki hozirgi vaksina va zardoblarning qo‘llanilishi ushbu kasallik bilan kasallanmaslikni to‘liq kafolatlaydi, lekin buning uchun har qanday it va boshqa hayvonlarning tishlashidan jabrlangan holatlarda zudlik bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilish va vrach tayinlagan muolajalarini o‘z vaqtida va to‘liq olish talab etiladi. Egasi ma’lum it va boshqa uy hayvonlaridan tan jarohati olganda ularni 10 kun davomida mahalliy veterinariya xodimi nazorati ostida bo‘lishi muhim o‘rin tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori talablariga binoan fuqaroning shaxsiy qaramog‘ida bo‘lgan it doimiy ravishda bog‘langan holda saqlanishi va har yili bir marta veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilib quturish kasalligiga qarshi emlanishi shart. Ammo tumanimiz hududida aksariyat fuqarolar to monidan saqlanayotgan itlar bog‘lanmasdan yurishi oqibatida insonlarga tan jarohati yetkazib, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda. Vaholanki har bir fuqaro davlatimiz qonunlari va qarorlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari va ijrosini bajarilishiga ma’suldirlar, zero, bog‘lanmagan it tomonidan fuqaroga yetkazilgan tan jarohati uchun it egasi javobgardir.


A. G’OYIBNAZAROV,
tuman SEO va JS bo‘limi vrach epidemiologi.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Январь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?