
Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish hujjatlariga ko‘ra, Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi hamda Samarqand viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 7 ta g‘isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan tuman hokimligining tegishli qarori bilan o‘zlariga ajratilgan yer maydonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 146-sonli Qarori talablariga zid ravishda foydalanib kelishgan. Bu korxonalar tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga yo‘l qo‘yganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jami 2108,3 mln.so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 7 ta g‘isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
N.BURONOV,
Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i, adliya kichik maslahatchisi.
Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i, adliya kichik maslahatchisi.



