kathaq@mail.ru

YANGI ISH O‘RNI, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA XIZMAT QILADI


Ma’lumki, shu yilning 25 yanvar kuni Prezidentimiz raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on tumanida bugungi kunda iqtisodiy faol aholi 109,1 ming nafar, shundan 10 302 nafari 9,4 foizi ishsiz aholi hisoblanadi. 
Tumanda joriy yilda rejalashtirilgan 6 256,5 mlrd. so‘mlik 546 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida 6 701 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Xususan, sanoatda 5 591,2 mlrd. so‘mlik 144 ta loyiha orqali 4 552 ta bular  xizmat ko‘rsatishda 373,8 mlrd.so‘mlik 311 ta loyiha orqali 1 468 ta. Qishloq xo‘jaligida 291,5 mlrd.so‘mlik 91 ta loyiha orqali 681 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi qariyb 280 oilaga 699 million so‘mga yaqin imtiyozli kredit ajratildi. Natijada 400 dan ziyod kishi muqim ishli bo‘ldi. Joriy yilda 85,3 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Hokim yordamchilarining o‘tgan davridagi faoliyatiga nazar tashlasak, Yakkabog‘ MFY hokim yordamchisi Jo‘rayev Nabijonning ko‘magi bilan “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida imtiyozli kredit hisobiga fuqaro Sayfullayev Lochinbek tomonidan ishchi-xizmatchilar uchun qo‘lqop ishlab chiqarish hamda fuqaro Murodov Azizbek uchun avtobus va yuk mashinalarga “Tormoz baraban” ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  
Bundan tashqari, Kenjayev Alik (1-guruh nogironi)ga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 20 mln. so‘m parrandaga (tuxum yo‘nalishda) imtiyozli kredit ajratildi, natijada tadbirkor 350 ta tovuqdan 280-300 ta tuxum olib, bir kunda 100-150 ming so‘mgacha daromad ko‘rgan holda parranda ozuqasini ham o‘zida qayta tayyorlab, oyiga 4-5 tonnagacha parranda ozuqasini ishlab chiqaryapti, ya’ni qo‘shimcha ravishda oilasiga oyiga 4-5 mln. so‘mgacha sof daromad olmoqda. 
Tumanda 2022-yilda hokim yordamchilari va tegishli tashkilotlar hamkorligidagi faoliyatida kambag‘allik darajasi 15,2 % dan 13,4 %ga qisqartirilgan holda  hozirgi kunda 9 150 ta oilani tashkil qiladi. 
Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 11, 7 % ga tushirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan.   
Mundiyon MFY Saroy qishlog‘i hududida K-savdo uchun 47 ta lotlarni auksion savdolarga chiqarilib, bugungi kunda salohiyatli tadbirkorlar tomonidan yer maydonlari 3 yil muddat ijaraga olingan holda 20 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalari ishga tushirilib, 24 ta yangi ish o‘rini yaratildi. 
Mullako‘rpa MFY hokim yordamchisi Xolmurodov Baxtiyorning ko‘magi bilan fuqaro Baxarov O‘tkir asalarichilik faoliyatini kengaytirgan holda “Qamariddin Bes” OK tashkil etildi hamda 30 quti asal ari uyasi 200 ta quti asalari uyasiga ko‘paytirildi. Bugungi kunda tadbirkor tomonidan 2-2,5 tonnagacha asal mahsuloti yetishtirilmoqda va qo‘shni tumanlarga ham asalari uyalarini yetkazib bermoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida 3 035 nafar aholi o‘zini-o‘zi band qildi, korxona va tadbirkorlik sub’yektlariga norasmiy ishlovchi 2 115 nafar ishchi-xizmatchilar legallashtirilgan bo‘lsa, 200 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari va 61 ta kichik biznes sub’yektlari tashkil qilindi, 33 ta hunarmandlar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga 141 nafar shogirdlar biriktirildi.   
 Kadan MFY hokim yordamchisi Mardonov Sardorning tashabbusi bilan “M medical sentr” XK tomonidan xususiy klinika va “Bakery By Dimir” OK mikromarkaz loyihasi ishga tushirilgan holda 16 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, mahalla o‘zida tikuvchilik, temirchilik, kashtachilik sohalarida jami - 7 ta hunarmandlar tashkil etilib, 26 nafar shogirdlar biriktirildi.  
Xulosa o‘rnida, hokim yordamchilarining keyingi faoliyatida o‘tgan yilda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini o‘z vaqtida bartaraf qilgan holda katta marralarni ko‘zlagan holda aholi bandligini ta’minlash maqsadida tezkorlik bilan yangi loyihalarni ishga tushirish hamda yangi ish o‘rni yaratish borasidagi harakatlari kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Davlatimiz rahbari tomonidan 25 yanvar kungi videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda mahalladagi har bir oilaning yagona raqamli pasportini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shu tariqa kambag‘allikdan chiqarish borasida har bir oilaga alohida dasturlar tuziladi. Bandlik dasturi tayyorlanib, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik loyihalari ijrosi jadallashtiriladi.



Norboy JULMATOV,
tuman hokimi o‘rinbosari.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?