
Alloh insonni yaratayotib uning juft bulishini istadi shekilli Odam Atoga qo‘shib Momo Havoni xam yaratdi. Ularga qo‘shib qalb, mehr-muhabbat, vafo, sadoqat kabi buyuk tuyg‘ularni ham yaratdi.
Rivoyat kilishlaricha ular urtasidagi mehr-muhabbat, sadoqat umrlarining oxirigacha saqlanib kolgan ekan. Ularning o‘zaro pok muhabbatidan odamzod yaralgan bo‘lib hozirgacha ayollarimizni e’zozlab Momo Havoning avlodlari, izdoshlari deb ta’riflanadi. Eng yaxshi oilalarni Odam Ato va Momo Havo oilasiga qiyoslab muqaddas oila, yosh oilalarni esa uzukka ko‘z qo‘ygandek munosib deb ta’rif beramiz. Odam Ato bilan Momo Havoni bir-biridan ajratib tasavvur qilolmaganimizdek ayol bilan erkakni xam bir-biridan ajratib tasavvur qilish qiyin.
Ayniqsa hayotni ayolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki turmushdagi barcha voqea va hodisalar, xatto mayda-chuyda ikir-chikirlargacha kelib ayol kishiga taqaladi. Guyo barchasining ijodkori ayoldek. Hakikatdan xam shunday. Shuning uchun ham biz ayolni ulug‘laymiz, xatto uni buyuk zot darajasiga ko‘taramiz.Odamdagi barcha guzal va buyuk narsalarni ayolga qiyoslaymiz. Ayol quyesh, Ayol oy, Ayol yulduz, Ayol gul-gulzor, qizlarimizni, yoki nabiralarimizni esa «tillo qizim asal-qandim» deb erkalatamiz, ko‘klarga kutaramiz. Hatto Ayolni hayotning guzalligi, poklik timsoli deb tushunamiz.
Yerning va undagi barcha xayotning manbai quyesh bo‘lganidek yashashning,turmushning,tiriklikning manbai ham Ayol ekanligini tushunib yetamiz. Guyoki Ayol bulmagan joyda xayot xam tuxtab qoladigandek. Balki shundaydir. Agar Ayol bo‘lmasa yerda xayot xam bulmasmidi? Balki Ayol bulmasa buyuk ustoz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, ulug‘ bobomiz sohibkiron Amir Temur,Bobir,Ulugbek,Beruniy,Ibn-Sino,al-Fargoniy,at-Termiziy,Axmad Yassaviy,Imom Buxoriy kabi o‘nlab buyuk sarkarda va allomalar dunyoga kelmasmidi? Jahonning zabtkori shoh Iskandar oddiy sug‘d qizi Ruxshona oldiga tiz chukmasmidi? Shuning uchun bo‘lsa kerak-ki shoh Iskandar o‘z davrida «ona-Ayolga qul bo‘lish dunyoga hokim bo‘lishdan ko‘ra ustundir» deganiga tarix guvoh. Yoki payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V.) «jannat onalar oyog‘i ostida» yoinki «onangga, onangga, onangga so‘ngra otanga yaxshilik qil» deb ona-Ayolni buyuklik darajasiga kutargani xam rost gap.
Demak shundan xam ma’lumki ona-Ayol avvalo yaratganning qolaversa tabiatning buyuk mu’jizasidir. U shunday mu’jizaki ona suti dunyodagi barcha ne’matlardan ko‘ra yaxshirokdir. Uni hayot bulog‘i deb ta’rif beradilar. Endigina dunyoga kelgan go‘dak ana shu hayot va mehr bulog‘idan bahra olib katta bo‘ladi va buyuk ishlarni amalga oshiradigan inson bulib yetishadi.
Ona-Ayol allasi to‘g‘risida esa gap yuk. Dunyodagi bironta kuy, musiqa yosh gudakka ona allasidek yoqimli bo‘lmasa kerak. Hatto yoshi bir joyga borib qolgan kishilar ham ona allasini eshitganida beixtiyor maxliyo bo‘lib qolishini ko‘p kuzatish mumkin.
Ona-Ayol mehri ham guyo ohangrabo kabi katta-yu kichik barchani o‘ziga tortadi. Kuyoshning tafti zaminni qanchalik isitsa ona mehri xam farzandlarni xuddi kuyoshdek isitib turadi. Farzand qayerda va kancha masofada bo‘lmasin u doimo ona mehrini his etib turadi, sog‘inadi, ko‘rgisi keladi. Ishdan charchab yoki muammolar girdobida qolgan farzand bir zumgina ona bag‘riga bosh qo‘yishi bilan butun g‘am-tashvishni,charchoqni unutadi va rohatlanadi. Shu payt inson ona mehridan kuch-quvvat oladi, xuddi yerdagi barcha mavjudod kuyosh taftidan bahra olgandek. Yuragiga, tanasiga harorat olib qaytadan hayotga qaytgandek bo‘ladi.
Shuning uchun xam dunyoda ona aziz, ona mehribon, ona mu’tabar, ona muhtaram buyuk zotdir. Shuning uchun xam ona iloxiy my’jiza bo‘lib buyuk kuch-qudratli,sehrli qilib yaratilganki uning sehriga odam zoti borki sehrlanadi.
Minglab kilometr uzoqlikdagi farzandining kiyin ahvolga qolishini faqat onagina his qila oladi va seza oladi. Faqat onagina o‘z farzandi uchun jonini fido kiladi, hatto o‘zini qurbon qilishga qodir. Boshka hech bir zot bu ishga yuragi dov bermaydi.
Shuning uchun ham biz uni ulug‘ zot deb aytamiz. Onalar uchun bu juda ulug‘ va buyuk unvon. Qani endi xar bir Ayol-ona yaxshi farzandlarni dunyoga keltirib yaxshi tarbiyalab xayotga yullasa, ok qandga xech dog‘ tushirmasa va mana shunday buyuk unvonga sazovor bo‘lsa. Xuddi shunday onalarni minglab-minglab misollar keltirish mumkin. Lekin sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek...
Ha mayli qolgani har kimning o‘ziga havola, vijdoniga havola. Faqat shuni aytib o‘tish lozimki buyuk zot darajasiga erishgan onalar yaxshi tarbiya ko‘rgan pokiza, sadoqatli, vafodor qizlardan chiqadi. Shuning uchun ham qizlar tarbiyasi eng yuqori diqqat markazida turmog‘i lozim.
AYOL
Ayol bo‘lmasa yerda hayot bo‘lmasdi
Ona bo‘lmasa agar odam bo‘lmasdi
Onaning mehri daryo dillarga malxam
Ona bo‘lmasa agar mehr xam bo‘lmasdi
Dillarni shodon etar u aytgan alla
Gudak ongida yangrar musiqiy yalla
Ayol-ona qulida olam tebranar
Qalb jush urar alladan u aytgan palla
Yangi tug‘ilgan go‘dak mehrga intizor
Guyo ona allasi bir sehrlangan tor
Ayol oila ko‘rki ham baxt iqbolidir
Bu iloxiy mujiza faqat unda bor
Ayol borki olamda u mu’jizakor
Ayol bor joyda xayot, tinchlik barqaror
Ayol qadami yetgan joy gulu-gulzor
Ayol bor xonadonda fayzu-baraka bor.
Chorihoji QO‘NG‘IROV,
Xalq ta’limi faxriysi,
Xalq ta’limi a’lochisi.
Xalq ta’limi faxriysi,
Xalq ta’limi a’lochisi.



