kathaq@mail.ru

IPOTEKA SUBSIDIYASIDAGI YENGILLIKLAR


Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholiga yengillik va qulayliklar yaratish maqsadida, ijtimoiy himoyaga muhtoj va daromadi kam bo‘lgan fuqarolar uchun hukumat tomonidan ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqa.

Xususan, Respublikamiz Prezidenti tomonidan joriy yil 23-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-377 sonli va Vazirlar Mahkamasining 15-oktabrdagi “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 601-sonli Qarorlari qabul qilindi. Ushbu Qarorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda:
2022-yilning 1-noyabridan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi xonadonlarni birlamchi uy-joy bozorida ipoteka krediti ajratishda  foizlarning bir qismini to‘lash uchun ruxsat etiladi va 2021-yildagi subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2023-yilgacha uzaytirildi.
2022-yilning 1-dekabridan subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan hududiy Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqarib tashlanishi, shuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinishi belgilandi.
Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida 30 yoshdan oshmagan fuqarolar va yosh oilalar, olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va tibbiyot xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladigan bo‘ldi.
Yana bir yangilik sifatida, bir kalendar yilida ikki marta ariza berishi mumkinligi va ipoteka krediti ajratilishida qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegaralari bekor qilinishi tadbiq etildi.


Sanjar RABBIMOV,
Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?