kathaq@mail.ru

QIYINCHILIKKA DUCH KELGAN TADBIRKORLARGA KO‘MAKCHIMIZ


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni soliq mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan 2022-yilda 6939 ta reja berilgan bo‘lib, haqiqatda 11667 nafar fuqarolar mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi. 
Korxonalardagi daromad solig‘i to‘lovchilar sonini oshirish yuzasidan berilgan  reja 8670  nafar o‘rniga 8672 nafar ishchi o‘rini legallashtirildi. Yangi kichik beznis tadbirkorlik sub’yektlari soni rejadagi  556 ta o‘rniga amalda 558 taga oshirildi. Shuningdek, 1019 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Budjet daromadlarini to‘ldirish yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida soliq to‘lashdan qochish xavfi yuqori bo‘lgan va Avtomatlashtirilgan “resk analiz” dasturida qizil yo‘lakka tushgan 147 ta korxonalarda kameral tekshirishlar o‘tkazilib, 319,2 mln. so‘m byudjetga qo‘shimcha mablag‘lar jalb etildi. 
Faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan tumandagi 2595 ta tadbirkorlik sub’yektlari o‘rganildi. Shundan 2288 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi hamda tegishli ko‘maklar ko‘rsatildi. Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 1006 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 658 ta, soliq rejimini tanlashda 42 ta,soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 369 ta, 121 688 961,59 so‘mlik QQS solig‘idagi mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarishda 1 ta, 462 647 350 so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 92 ta, 248 983 600 so‘mlik soliq qarzdorligi muddatini uzaytirishda 120 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi. Hujjatlarsiz va belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan 6 nafar fuqaroga nisbatan tekshirish o‘tkazilib, ularning faoliyati qonuniylashtirildi.
Shuningdek, yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Soliq hamkor” axborot tizimi mamlakatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Tumanda Soliq hamkor mobil ilovasi orqali 2022-yil davomida 261 ta murojaat kelib tushdi. Tegishli tartibda ko‘rilgan choralar natijasida 195,8 mln. so‘mga ma’muriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilib budjetga undirildi. Budjet daromadlarini to‘ldirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida soliq to‘lashdan qochish xavfi yuqori bo‘lgan va avtomatlashtirilgan “resk analiz” dasturida qizil yo‘lakka tushgan 147 ta korxonalarda kameral tekshirishlar o‘tkazilib, 319,2 mln. so‘m budjetga qo‘shimcha mablag‘lar jalb etildi. 
Biz bundan keyin ham yashirin iqtisodiyotning oldini olamiz va faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlar bilan muntazam ish olib borib, ularga  ko‘makchi bo‘lamiz.


Akbarali QULMIRZAYEV,
tuman Davlat soliq 
inspeksiyasi boshlig‘i.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?