kathaq@mail.ru

KASANACHILIK ASOSIDA NOGIRONLAR BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

Qishloq aholisi, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, buning uchun samarali mehnat turlarini joriy qilish chora-tadbirlari o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumani Kattaming MFY Kichikming qishlog‘ida imkoniyati cheklangan  fuqarolar kasanachilikni rivojlantirish asosida  daromad topish imkoniga ega bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi rahbari Baxtiyor Mustafoqulov o‘z xonadonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish orqali imkoniyati cheklanganlar bandligini ta’minlashni maqsad qildi. Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qildi. Biznes rejasiga ko‘ra uchta tikuv mashinasi 188 000 000 so‘m mablag‘ talab qilardi. Qarorda belgilangan 50 foizini tuman Bandlik bo‘limi subsidiyasi hisobiga qolgan 9 400 000 so‘mni tuman hokimligi ajratib berdi. Natijada 1 dona Overlog, 1 dona to‘g‘ri chok, 1 dona rashma tikuv mashinalarini jami 18 800 000 so‘mga xarid qildi. Hozirda 4 nafar nogiron xotin-qizlarni ishga oldi. Bir nafar malakali tikuvchi ularga bosh bo‘lmoqda. Endi ish boshlagan Baxtiyor aka fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Kelgusida barcha nogiron xotin-qizlarga tikuvchilik kasbini o‘rgatamiz. O‘zlarining uylariga tikuv mashinalari, materiallar olib borib beramiz. Tayyor bo‘lgan mahsulotlarni bozorga sotamiz. Hozircha ko‘rpa, yostiq, turli xildagi oqliklar tikib davlat tashkilotlariga yetkazib berdik. Qolgan nogironlarga ham tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatmoqchimiz. Ularni Bandlik vazirligi tasarrufidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitib, ertangi kunda tekstil korxonasi va oilaviy korxonalarga hamda uy sharoitlarida subsidiya asosida tikuv mashinalari olib berib bandligini ta’minlamoqchiman. Bugungi kunda olgan foydamizdan yotiqda qolgan insonlarga ham ajratamiz”, – deydi.
Kasanachilik bu ish beruvchining buyurtmasiga asosan shartnoma asosida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishni o‘zining uy xo‘jaligida tashkil qilish bilan bog‘liq faoliyatdir. Bugun mahalladagi beshlik, tuman bandlik bo‘limi mutasaddi tashkilot xodimlari birlashib tadbirkorlarga amaliy yordam berib mahallada kasanachilikni yo‘lga qo‘ysa, samarali natija berib davlatimiz rahbari kutganidek natija beradi. Shundagina fuqarolarga baliq emas qarmoq, bergan bo‘lamiz.


O‘tkir USMONOV.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?