kathaq@mail.ru

Go‘sht sotishga mo‘ljallangan do‘konlar va shaxsiy ehtiyojlar uchun hayvonlarni so‘yish korxonasi ochildi


Keyingi yillarda Kattaqo‘rg‘on tumanida chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida dehqon va fermer xo‘jaliklari, ayniqsa, aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlari soni, ulardan olinadigan mahsulot miqdori oshmoqda. 

Hududlarda faoliyat yuritib kelayotgan hayvonlarni so‘yish va go‘sht sotish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan aholini go‘sht bilan ta’minlashda veterinariya-sanitariya norma va qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik natijasida xavfsizligi hamda sifati kafolatlanmagan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining savdoga chiqarish holatlari uchramoqda.
Shu sababli, Kattaqo‘rg‘on tumani Tarnov MFY hududida tadbirkor Otabek Zayniddinov tomonidan hayvonlarni so‘yishga ixtisoslashtirilgan korxona ochildi. Tadbirda tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, tuman prokurori Shuxrat Xolmirzayev, Xalq qabulxonasi mudiri Zokirxon Abdullayev,  tumandagi tegishli tashkilot rahbarlari, nuroniylar, hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Ushbu  qurilgan yangi korxonaning qurilish ishlariga 800 million so‘m mablag‘ sarflandi, Ishga tushirilishi natijasida 4 ta yangi ish o‘rin yaratildi. Soatiga 5-10 ta mol so‘yish quvvatiga ega bo‘lib, zamonaviy muzlatkichlarda 3 tonnagacha so‘yilgan go‘shtni saqlash mumkin. 
Korxonada veterinariya shifokori uchun laboratoriya xonasi, hamda ishchilar uchun barcha qulayliklarga ega yotoqxona, oshxona, hammom mavjud.

O‘tkir Usmonov,
“Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun”.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?