kathaq@mail.ru

QISHDA QULUPNAY PISHDI: BIR SOTIX YERDAN 30 MILLION SO‘M DAROMAD


Kattaqo‘rg‘on tumanida qulupnay yetishtirish bo‘yicha boy tajriba to‘plangan. Avvallari hududda yilda bir marta, faqat bahorda hosil olingan. Keyingi yillarda dehqonlar qulupnayning yangi navlarini parvarishlab, kuzda ham hosil ola boshladi.
Bugungi kunda esa tuman aholisi tomorqada qishda ham qulupnay yetishtirish mumkinligini isbotladi. 
Tumanning eng chekka hududi -  Vayrot mahallasida yashovchi Mustafo Musayevning tomorqa maydoni 6 sotix. Bu yerdan u unumli foydalanishga harakat qiladi.

- O‘ttiz yil qishloq xo‘jalik sohasida mehnat qilib pensiyaga chiqqanman, - deydi u. – Bekor o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlar orqali Koreya texnologiyasi asosida qulupnay yetishtirish sirlarini o‘rgandim. O‘tgan yil sentabr oyida bir sotix maydonga issiqxona qurdirdim. Gidroponika usulida qulupnay yetishtirishni maqsad qildim. Bugungi kunda ikki qavatda 2 ming tup qulupnay ko‘chatini parvarishlayapman. Ular gulga kirib, tugishga o‘tdi. Yuqori qavatdagi qulupnaylar pisha boshladi. Hosilni fevral oyida bozorga chiqarishni niyat qilganman.
- Issiqxonada qulupnay yetishtirish ancha qulay ekan, - deydi xonadon bekasi Dilbar Rahmonova. – Tashqarida yerda ekilgan qulupnayga ishlov berish bir qator qiyinchiliklarni tug‘dirardi. Namga tegib turishi natijasida hosilning bir qismi chirib ketardi. Bundan tashqari, sog‘ligimizga ham ziyon edi. Oyog‘imizdan zax o‘tardi. Issiqxonada esa bu muammolar yo‘q, qulupnay ko‘chatlari orasida birorta begona o‘t o‘smaydi.
Ular 3-4 sotix yerda yetishtiriladigan mahsulotni bir sotixlik issiqxonada parvarishlamoqda. Hozirgi kunda ikki qavatda qulupnay yetishtirayotgan bo‘lsa, undan ko‘chat olib, yana bir qavatga ko‘paytirishni niyat qilgan.
- Issiqxonaning yeridan ham unumli foydalanishga harakat qilyapmiz, - deydi M.Musayev. – Bu yerda turli xil ko‘katlar yetishtirib, yangi yil bayrami oldidan bozorga chiqardik. Masalan, ko‘kpiyozning bir tupini 100 so‘mdan sotdik va 2 million so‘mga yaqin daromad qildik. Undan yana hosil olishda davom etyapmiz. Bo‘shagan yerga esa boshqa xil ko‘katlar urug‘ini qadayapmiz.
M.Musayev bir sotix issiqxonadan yiliga 50 million so‘mgacha daromad olishni ko‘zlayapti. Shu maqsadga erishilsa, u qo‘shimcha yerda tadbirkorlikni boshlash istagida.

To‘lqin SIDDIQOV, Baxtiyor MUSTANOV.
(@Zarnews_uz).

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?