kathaq@mail.ru

MUQOBIL ENERGIYADAN FOYDALANISН ZAMON TALABI


“So‘nggi olti yilda aholimiz 13 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobar ortib, 45 mingdan 100 mingtaga ko‘paydi. Natijada elektr energiyasiga talab kamida 35 foiz oshdi va yildan-yilga ko‘payib bormoqda, - deyiladi Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida. 

Shuningdek, Yurtboshimiz  kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keskin oshirish, respublikaning har bir tuman va shahar hokimi ham o‘z hududidagi xonadon va korxonalarda jami 5-10 megavatli qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishi shartligini, kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatilishi, aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobar ko‘paytirilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Darhaqiqat, O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Shuningdek, yurtimizda  ko‘plab yirik-yirik zavod va fabrikalar ishga tushirildi va tushirilmoqda, ulkan qurilish ishari olib borilmoqda. Bularning bari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshiradi. Buning natijasida atrof-muhitning ifloslanish miqdori ham ortib, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, elektr energiyaning asosiy qismi ko‘mir, tabiiy gaz, neft, slanets, torf kabi foydali qazilmalarning yoqilishidan olinadi. Bu kabi foydali qazilmalarning yoqilishidan olinadigan barcha turdagi elektr stansiyalar atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu foydali qazilmalar kamayib bormoqda va ular qayta tiklanmaydi. Shuning uchun  eng xavfsiz, ya’ni ekologiyaga zarar etkazmasdan olish mumkin bo‘lgan arzon muqobil energiyadan foydalanishni dunyo ekolog va energetiklari taklif etishmoqda. Chunki, bu turdagi energiya quyosh, shamol, geotermal issiqlik (yer osti issiqligi), bioyonilg‘idan olinganligi bois ulardan havoga juda kam tashlanmalar chiqarilar ekan. 
Shunday ekan qayta tiklanadigan manbalardan, ya’ni muqobil energiyadan foydalanish bugungi kunda zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Hozirdanoq  AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar kelajakda (2050-yilga qadar) an’anaviy energiya manbalaridan voz kechishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra,  Oklend, Nayrobi, Oslo, Sietl, Vankuver, Reykyavik (Islandiya), Portu, Bazel, Bogota va boshqa shaharlar hozir ham elektr energiyasining kamida 70 foizini qayta tiklanadigan manbalardan – suv, geotermal, quyosh va shamol energiyasidan olar ekan.
Xo‘sh, muqobil energiya o‘zi nima? - degan savol tug‘ilishi mumkin. Muqobil energiya- bu gidroenergetika, shamol energiyasi, quyosh energiyasi, geotermal energiya, biomassa va suv oqimi energiyasidan foydalanish orqali olinadigan qayta tiklanadigan, ya’ni energiya manbalari tugamaydigan energiyadir. Muqobil energiyaning Quyosh energiyasi, Shamol energiyasi, Suv energiyasi, Geotermal energiya, Bioenergiya, Oqim energiyasi kabi turlari mavjud.
Dunyo mamlakatlari qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishga astoydil kirishgan ekan, bizning davlatimiz ham qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan va bu bu borada tizimli ishlar boshlab yuborilgan. 
Murojaatnomada “Yil boshidan quvvati 1,5 ming megavatli 7 ta elektr stansiyasini ishga tushirdik. Kelgusi yilda yana 4,5 ming megavatli 11 ta yirik loyihani yakuniga etkazamiz. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qo‘shimcha 14 milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga ko‘payadi, - dedi Yurtboshimiz.
Yilning 320 kuni quyoshli bo‘lgan  serquyosh O‘zbekistonimizda ko‘proq muqobil energiyaning Quyosh energiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili sayyoramizga global energiyaga bo‘lgan ehtiyojdan 10 ming baravar ko‘proq, ya’ni taxminan 173 PVt (yoki 173 million GVt) quyosh energiyasi tushar ekan. Yana shunisi bilan ahamiyatliki, quyosh panellari bulutli havoda va hatto qor yog‘ishida ham energiya ishlab chiqarishi mumkin ekan. Shuningdek, yurtimizning shamol ko‘p esadigan hududlarida Shamol energiyasidan, sersuv hududlarda Suv energiyasidan foydalansa bo‘ladi. 
Mutaxassislar yurtimizda hozirgi kunda muqobil energiya tizimlarining eng ommabop bo‘lgan turi akkumulyatorsiz tarmoq deb hisoblashmoqda. Boisi iste’molchi kunduz vaqti quyoshli kunlarda o‘z ehtiyojidan ortgan energiyani sotadi va quyoshsiz kunlarda elektr tarmoqlaridan energiya oladi. Shu bois respublikamizning turli hududlaridagi qo‘mita, hokimliklar, tashkilotlarga ham akkumulyatorsiz stansiyalar o‘rnatilmoqda.
Tumanimizda ham bir qator muassasalar, mahallalar, ishlab chiqarish ob’ektlari hamda aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlanganidan va bu ish davom etayotganidan xursand bo‘ldim. Masalan, Madrasalik Zokir Xudoyberdiev, Moybuloqlik Jamil bobo Karamov ham yashash uyiga quyosh panellari o‘rnatdi. Mazkur quyosh panellari xonadonlardagi yoritish chiroqlari, televizor, kompyuter kabi elektr jihozlarini markaziy elektr ta’minotidan alohida, mustaqil ravishda ta’minlash imkonini beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun budjet mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda dunyodagi rivojlangan davlatlarda, shuningdek, serquyosh O‘zbekistonimizda ham qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.


Eshpo‘lat SAFAROV,
O‘zbekiston Jurnalistlari 
ijodiy uyushmasi a’zosi.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?