
Tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukuni kamaytirish va beznis yuritishni soddalashtirish maqsadida Prezidentimizning 2022-yil 28-iyundagi 162-sonli farmoni bilan Soliq ma’muriyatchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan 2022-yil 1-iyuldan foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga ta’sirchan soliq mexanizimini qo‘llash bekor qilindi. Shuningdek, QQS ma’muriyatchiligi soddalashtirilib, majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritlmasdan avtomatik ravishda berilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, yuqoridagi farmon bilan 2023 yil 1 martga qadar hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikaseya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi.
Dostonjon SAYPIYЕV,
Kattaqo‘rg‘on tuman DSI
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
sho‘basi katta inspektori.
Kattaqo‘rg‘on tuman DSI
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
sho‘basi katta inspektori.



