kathaq@mail.ru

Ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni himoya qilish tizimining yangi bosqichi – yangi Konstitutsiyada ekologiya masalasi


Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi. Loyihada asosiy qonunning 64-ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilmoqda. Bu takliflarning ichida ekologiya masalasi dolzarb masalalardan biridir. Chunki, hozirgi davrda ekologik muammolar faqat bizning yurtimizda emas, butun dunyo bo‘yicha asosiy masala bo'lib ko‘tarilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ekologik xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilib, 2020-yil 23-sentyabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi so‘zlagan nutqida jahon hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning jiddiy muammolaridan biri - global iqlim o‘zgarishlariga to‘xtalib, bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etayotganini, bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirayotgani bildirildi. 
Hozirda yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratish kerak.
Shuning uchun ham yangilanayotgan Konstitutsiyada ekologiya masalasi bo‘yicha alohida modda kiritilmoqda. Bu moddaga "Har kim sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo‘lish hamda o‘z sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega" degan so‘zlar kiritilishi kutilmoqda. Shu bilan birga Konstitutsiyamizning 40-moddasida davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi belgilanmoqda. 
Yangi Konstitutsiya loyihasining 54-moddasida "Mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak"ligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, loyihaning 55-moddasini "Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat mulkida bo‘ladi. Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’yektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi" jumlalari bilan to'ldirish taklif etilmoqda.
Yuqoridagi takliflar hozirda dolzarbligi bilan ajralib turadi. Konstitutsiyada ekologik-huquqiy normalarning o‘z aksini topishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug'lash sifatida fuqarolarning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashga, aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishga hamda ekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.


M.RUSTAMOV,
Kattaqo'rg'on tuman 
yuridik xizmat ko'rsatish markaz 
bosh yuriskonsulti. 

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?