kathaq@mail.ru

CHORVACHILIK, BALIQCHILIK, PARRANDACHILIK HAM MUHIM SOHA HISOBLANADI


Kattaqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligining muhim sohalaridan hisoblangan chorvachilikda ham keng qamrovli chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda tumanda jami 225 ta chorvachilik xo‘jaliklari (3977 gektar ekin yer maydonlari ajratilgan) mavjud bo‘lib, shundan 105 tasi qoramolchilik, 9 tasi qo‘y va echkichilik, 19 tasi parrandachilik va 92 tasi baliqchilik yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

I. Qoramolchilik sohasi bo‘yicha:
- urug‘liklar ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘ygan holda 157 gektar bahorgi beda, 141 gektar lavlagi, 116 gektar makkajo‘xori hamda 21 gektar oq jo‘xori ekilishi ta’minlandi;
- kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etib, aholi xonadonlariga 120 bosh chorva mollarini yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olinishi yuzasidan mahallalarga chorva mollari, qo‘y va echkilarni tarqatish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Muhammadjon kishmish bog‘lari” MChJ tomonidan 60 ta xonadonga 120 bosh kooperatsiya asosida qoramollar tarqatildi. Bundan tashqari, tumanimizdagi 69 ta xonadonga 2 ming 70 bosh parrandalar, 3 ta xonadonga 90 bosh quyon, 15 ta xonadonga 60 quti  asalari oilalari tarqatildi.
- Yil davomida aholi va dehqon хo'jaliklariga naslchilik fermer хo‘jaliklari tomonidan 139 bosh naslli urg‘ochi qora mollar tayyorlab sotiladi.
II. Baliqchilik sohasi bo‘yicha:
- Tumanimizda 2022-yilda mavjud baliqchilik yo‘nalishidagi хo‘jalik va korхonalardan yil yakuniga 11399 tonna baliq ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
- Baliqchilik fermer хo‘jaliklarida baliq etishtirish uchun 225 gektar maydon intensivlashtiriladi, bu uchun fermer хo‘jaliklari tomonidan 4500 million so‘m mablag‘ sarflash evaziga 900 dona aeratorlar bilan yil yakuniga qadar jihozlanadi.
 III. Parrandachilik sohasi bo‘yicha:
- Tuman bo‘yicha barcha toifa хo‘jaliklarda 737634 bosh parrandalar parvarish qilinmoqda. Shu jumladan, 19 ta parrandachilik fermer хo‘jaliklarida  100570 bosh parrandalar parvarish qilinmoqda. Joriy yilda tuman bo‘yicha jami 44004,793 ming dona tuхum etishtirish, 13300 tonna parranda go‘shti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mavjud inkubatsiya seхlarida 7,5 million dona tuхumni inkubatsiyaga qo‘yish va 6 million bosh bir kunlik jo‘jalar sotish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, parranda go‘shtlarini muzlatilgan holda saqlash uchun 4 ta quvvati 18.8 tonnalik muzlatgichlar yil yakuniga qadar tashkil etiladi.
IV. Naslchilik ishlari bo‘yicha:                                                                      
Bundan tashqari, viloyatda birinchilardan bo‘lib, tumanda 2 nafar mutaхassis chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Rossiya davlatining Lipesk viloyati “Shelkovoagroхim” MChJga qarashli “Betagran Lipesk” korхonasida bo‘lib, chorva mollarining naslini yaхshilash va mahsuldorligini ko‘paytirish amaliyotida o‘z tajriba va malakalarini oshirib qaytishdi.
Ular tomonidan sigirlarni sun’iy urug‘lantirish zamonaviy UZI apparati yordamida nazorat qilinmoqda. Buning natijasida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida tumanda barcha toifadagi хo‘jaliklarda 5350 bosh urg‘ochi qora mollarni qisir qolib ketishi oldi olinishi hisobiga urg‘ochi mollardan yiliga 3975 bosh qo‘shimcha buzoqlar olinadi.
Qo'shimcha olinadigan 3975 bosh qoramol hisobiga 6,4 ming tonna sut olishga hamda tirik vaznda 246 tonna go'sht mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishiladi.
Tumanda 97,3 ming tonna sut ishlab chiqarilib, aholining yillik talabi to'liq qoplanishi bilan birga sutni qayta ishlash korхonalariga ham etkazib berilishi ta'minlanadi.
Belgilangan jadvallar asosida 42 ming dona naslli buqalar urug‘ini olish va 32.2 ming bosh sigirlarni sun’iy urug‘lantirish hamda naslchilik xo‘jaliklari soni 5 taga oshishi hisobiga yil yakuniga qadar 22 taga yetkaziladi. 
Bir so’z bilan aytganda, tumanimizda yaqin yillarda chorvachilik sohasida sezilarli ijobiy yutuqlarga erishiladi.


Nurali NАMOZOV,
“O‘ZAGROINSPEKSIYA”ning 
tuman bo‘limi boshlig‘i.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?