kathaq@mail.ru

SOHIBQIRON AMIR TEMURGA EHTIROM


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Sohibqiron Аmir Temurning ibratli umri" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Ma’lumki, har yili 9-aprel kuni Аmir Temurning tavvalud sanasi yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Shu munosabat bilan SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tkazilgan   tadbirda o‘qituvchi va talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Samimiy va savol-javoblar tarzida o‘tkazilgan muloqotni Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoir va publitsist Toshpo‘lat Tugalov olib bordi.
SamDU professori, yuridik fanlari doktori Ziyodulla Muqimov, Xalqaro Аmir Temur jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari professor Qo‘ziboy Mamarahimov, Аmir Temur shaxsi va uning jangovor faoliyatining o‘ziga xosligi, bobomizning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni, dunyoga mashhur Temur tuzuklarining yosh avlod ta’lim taribiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda talabalar tomonidan berilgan savollarga mehmonlar javob berishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov "Samarqand mushoirasi" nomli she’rlar to‘plami, "Ijod yo‘li" gazetasining yangi sonlarini, professor Ziyodulla Muqimov esa Temur haqida yozgan asarlarini faol talabalar hamda filial kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi ma'navi-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning tariximizga oid bilimini boyitish, ulug‘ bobolarimiz siymosiga hurmat-ehtiromini yanada yuksaltiradi.


SamDU KF axborot xizmati.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?