kathaq@mail.ru

KO‘KRАK BEZI SАRАTONINI ERTА АNIQLАSH ENG MUHIM EHTIYOT CHORАSIDIR

Ko‘krak bezi saratonida ko‘krak bezi normal hujayralari saraton hujayralariga aylanadi. Ko‘krak bezi saratoni ona, xola, opasida qayd etilganda, ichki gormonal omillar - estrogen gormonining ta‘siri minstruatsiyaning erta boshlanishida, (11 yoshgacha); yoki menopauzaning kech boshlanishida (55 yoshdan keyin), kech tug‘ruq, tug‘maslik yoki tug‘ruqdan keyin ko‘krak suti bilan boqmaslikda, chekish, ichkilikbozlik va ko‘krak bezi jarohatlaridan keyin kelib chiqishi mumkin. Eng muhim ehtiyot choralari quyidagilardan iborat: har oy o‘zini - o‘zi tekshirib turish va malakali tekshiruvdan o‘tish, o‘zini - o‘zi tekshirishda e’tibor qilish, ko‘krak uchi shakli: "tortilgan", kichraygan bo‘lsa saraton kasalligi bo‘lishi, ko‘krak bezining shakli o‘zgarmaganligi, dag‘allashgani, shakli noto‘g‘ri emasligiga e‘tibor qaratilishi lozim.

Ko‘krаk bezi sаrаtonini ertа аniqlаsh - hаyotni uzаytirаdi. Ko‘krak bezlari paypaslanganda dag‘al, qattiq joylarning mavjudligi, limfa tugunlarining (qo‘ltiq osti) kattalashuvi, teri rangi shaxsiy his - tuyg‘ular, menstrual sikldagi noxush holatlar, og‘riqlarning mavjudligi kabilar kuzatiladi. Yilda bir marta ko‘krak bezlarini malakali mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazish (40 yoshdan oshgan ayollar) lozim. Kasallikni erta aniqlash maqsadida 20 va undan yuqori yoshdagi ayollar 1 yilda bir marta UTT tekshiruvi o‘tkaziladi. Mammografiya - ko‘krak bezlarini rentgenografiyadan o‘tkazish esa 40 yoshdan oshgan ayollar 1 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Аgar bu holatlarni aniqlashda muammolar aniqlansa, mahalla shifokoriga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Bodom QULMАTOVА,
АSTTQQ va JFO bo‘linmasi shifokori.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг фермерларга
Долзарб мавзу / Jamiyat

Каттақўрғон туман фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг ..

ҒАЛЛАНГИЗГА ҚЎШИМЧА ЎҒИТ БЕРИНГ ҲАМДА АГРОТЕХНИК ТАДБИРЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ҚЎЛЛАБ, ҒАЛЛАДАН...

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI
Siyosat / Jamiyat

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING QARORI ..

XALQ DEPUTATLARI KATTAQO‘RG‘ON TUMANI KENGASHINING Q A R O R I Kattaqo‘rg‘on tumanining...

Изоҳ қолдириш

Оммабоп янгиликлар

image

Мақолалар архиви

Январь 2026 (3)
Декабрь 2025 (8)
Ноябрь 2025 (5)
Октябрь 2025 (1)
Сентябрь 2025 (11)
Август 2025 (9)

Календарь

«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?