kathaq@mail.ru

INSON MA’NAVIYATI BOLALIKDAN SHAKLLANADI

“Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, 
yo saodat — yo falokat masalasidir” 
Abdulla Avloniy

Hukumatning tegishli qarori bilan «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» tasdiqlandi. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi.

Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
 Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi ikkinchi bosqichi ya’ni 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Ushbu bosqichda  tarbiyalanuvchilarda o‘z tuyg‘ularini boshqarish ko‘nikmalari, shaxsiy fazilatlari rivojlanadi, ijtimoiy motivlar va milliy an’analarga qiziqish paydo bo‘ladi, o‘zini namoyon qilishga intiladi. Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji tug‘iladi, o‘ziga o‘zi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar paydo bo‘ladi. Shu sababli ham tumandagi 24-DMTTda bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirish maqsadida muloqot o‘yinlari mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanuvchilarga kattalar, ularning mehnati, kasblar, turli kasb egalariga xos shaxsiy fazilatlar to‘g‘risida tushunchalar beriladi. O‘yin, o‘zaro munosabatlar, oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g‘amxo‘rlik qilish ehtiyojining paydo bo‘lishi orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi. “O‘zbekiston — mening Vatanim!”, “Baxtli bola ma’naviyati”, “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Ona tabiatni asraylik!” hamda ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar, kuy-qo‘shiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar muntazam tashkillashtirib boriladi. Zeroki, muhtaram prezidentimiz aytganlaridek – “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasida ham joriy yil Davlat dasturining birinchi vazifasi qilib aynan maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishni tilga olishi bekorga emas, albatta.
Xitoy Xalq Respublikasida onalarning homiladorlik ta’tillari bir nafasda o‘tib ketgandek bo‘ladi. Uch oy ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketgandan so‘ng bolakaylar asosan bobo va buvilarinikida bo‘lishga majbur. Bolalarni bog‘chalarga uch yoshdan joylashtirish mumkin. Mazkur mamlakatda maktabgacha ta’lim muassasasida olgan tarbiya o‘ta muhim hisoblanadi. Bolakayning qaysi bog‘chaga borishi uning qaysi maktabga qatnashi, qaysi oliy o‘quv yurtiga kirishi va qayerda ishlashini belgilab beradi. Bir so‘z bilan aytganda, bolalar bog‘chasi uning taqdirini belgilab beradi.
Jahon tajribasi ham shuni ko‘rsatadiki, bolalarga bog‘cha yoshidanoq berilgan tarbiya va ta’lim kelajagiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarga kunni kech qilish ilinjida yurgan tarbiyachilar emas, ularni yuragida mehr bilan bag‘riga oladigan, mahoratli, o‘z sohasining haqiqiy bilimdoni bo‘lgan tarbiyachilar  ishlashi lozim.


Sadoqat MUHIDDINOVNA,
Каttaqo‘rg‘on tumani 
24-DMTT direktori.
Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД
Jamiyat / Madaniyat

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД ..

1996 йил 18 октябрь куни Амир Темур таваллудининг 660 йиллиги тантаналари доирасида Ў...

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН  БЎЛИШИ КЕРАК
Ta'lim

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН ..

Кейинги йилларда математика фанини ўрганиш, ўргатиш ва ҳаётга татбиқ этишга эътибор...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Октябрь 2021    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?