kathaq@mail.ru

KITOB VA SINGLIM

Kitob o‘qishga qiziqish avvalo oiladan boshlanаdi, deydilar. Rost gap ekan. Bolalik chog‘idanoq kitob o‘qishga o‘rgangan odam yutqazmaydi. 
Singlim o‘zi  jajjigina qizaloq, "menga she’r yodlating opa" deb aytardi. Men ham unga erinmasdan she’r yod oldirardim. Onam esa bozorga borsa kitob olib kelardilar. Bir kuni menga onam tilla zirak olib keldi, singlimga qarab "senga paxta pulini olsam olib beraman" dedilar. Singlim xafa bo‘ladiku, deb xavotir oldim. Yo‘q, u meni hayratlantirib "ayajon, menga tilla zirak kerakmas, kitob olib bersangiz bo‘ldi" dedi chin dildan. Onam "shu bolam boshqachada, kun ko‘rsam shunimdan ko‘raman-ov" dedilar.
Onam kitob do‘konidan buyuk shoirlarimizdan A.Oripov, E.Vohidov, O.Matchon, M.Yusuf, H.Xudoyberdiyevalarning she’riy to‘plamlarini olib keldi. U juda xursand bo‘ldi.
1983 yil edi adashmasam, qishlog‘imizda bolalar bog‘chasining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda tuman rahbarlari ham qatnashdi. Singlimga yoddan she‘rlar ayttirishdi. Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi singlimni ko‘tarib olib, sovg‘alar berdi. Bu kunni biz unutmadik. O‘ziyam 5 yoshlaridayoq 80 dan ortiq she‘r bilardi, singlim. Otam va men Umar Hayyom, Navoiy, Mashrab kabi shoirlarning ruboiy va g‘azallaridan yodlatardik. 
Mana oradan yillar o‘tdi. Mening o‘sha jajjigina singlim ajoyib shoira bo‘ldi. Unvonlar oldi, bir nechalab she‘riy kitoblari chiqdi. Hozirda Respublikada ish faoliyatini olib bormoqda.       
Singlimning hayotiy shiorlari bor: "Bu dunyo kitob o‘qish ushun ham kelib-ketishga arziydi. Shoira Zebiniso aytganidek, kitob mening hamma narsamdir, borlig‘imdir!". Xullas, kitobga oshno bo‘lib singlim hayotda o‘z o‘rnini topdi.
Chet el filmlarini tomosha qilgan bo‘lsangiz, "tonggi gazetam qani?" deb otalar so‘ rashadi. Bizda bunday holat kamroqmi deb o‘ ylab qolaman.  Bir qo‘lida cho‘pon tayog‘i, bir qo‘lida kitob o‘qib ilmli bo‘lgan insonlar ham bor. Faqat istak, xohish bo‘lsa bas. Bir adibimiz aytganidek: "Kitob boylik, lekin, sotib olingani emas, o‘qilgani". Javoningizda sevib o‘qiydigan kitobingiz bo‘lsin!


Gulchiroy ASQAROVA,
97-umumta‘lim maktabining ijodiy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД
Jamiyat / Madaniyat

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД ..

1996 йил 18 октябрь куни Амир Темур таваллудининг 660 йиллиги тантаналари доирасида Ў...

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН  БЎЛИШИ КЕРАК
Ta'lim

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН ..

Кейинги йилларда математика фанини ўрганиш, ўргатиш ва ҳаётга татбиқ этишга эътибор...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Октябрь 2021    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?