kathaq@mail.ru

MASHAQQAT VA ULUG‘VORLIK TIMSOLI

Ustoz! Bu so‘zni har bir inson kimdandir nimanidir o‘rgangani, ta’lim olganini eslab alohida e’tirof etadi. Ushbu so‘z zamirida qanchadan-qancha mashaqqat va ulug‘vorlik bor. Shu bois, bu kasbning mashaqqati va barokatli savoblari, ulug‘vorligi bor. Ustozlar doim bir qadam oldinda, shunga yarasha ilmi, obro‘si azal-azaldan ta‘kidlanib, hurmatga sazovor bo‘lib kelgan. Har birimiz birinchi bor qo‘limizga qalam tutqazgan ustozni yillar o‘tsada to‘lqinlanib esga olamiz. Ustozimiz bor bo‘lsa uni ko‘nglini olishga intilamiz, sinfdoshlar bilan bolalikni, ustoz bergan saboqlarni qayta-qayta yodga olgimiz kelaveradi. 

Mana bugun ta‘lim davlat siyosati darajasiga chiqdi. 1-sinflarga "Prezident sovg‘asi"ning har bir o‘quvchiga berilishi kelajak egalari bo‘lgan bolajonlarga bo‘lgan alohida e‘tiborning dalolatidir. Pandimiya tufayli og‘ir holat bo‘lishiga qaramasdan bu an’ana davom etib kelmoqda. Mustaqil davlatimizning 30 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlangan ushbu kunlarda bilimli, zukko, har tomonlama etuk kelajak avlodni tarbiyalashimiz har birimizninng burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Chunki, bu zamin, bu Vatan barchamizniki, uni qanday gullab yashashi esa har birimizga bog‘liq.
Inson ma‘naviyatini shakillanishida, Vatanimiz gullab yashnashida ustoz va murabbiylarning hissasi katta. Biz ustozlar doim hukumat va Prezidentimizdan  minnatdormiz. Ilohim tinch va osoyishta yurtimizga ko‘z tegmasin.
Aziz ustozlar va murbbiylar! Barchangizni 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan 30-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari nomidan tabriklaymiz. Yurtimizning kundan-kun chiroy ochishida, kelajak yoshlarimizni savodli bo‘lishiga qo‘shayotgan hissamizdan faxrlanamiz. Bayram barchaga muborak bo‘lsin!


Ijobat OMONOVA,
30-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.


Хато топдингизми?

Сичқонча ёрдамида хато қисмини танланг ва CTRL+ENTER тугмачаларини босинг.

Кўрсатилган ойнада муаммони тавсифланг ва маъмуриятга хабарнома юборинг.

Бошқа хабарлар

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД
Jamiyat / Madaniyat

ҚАДИМИЙ ВА ҲАМИША НАВҚИРОН САМАРҚАНД ..

1996 йил 18 октябрь куни Амир Темур таваллудининг 660 йиллиги тантаналари доирасида Ў...

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН  БЎЛИШИ КЕРАК
Ta'lim

МАТЕМАТИКА ФАНИ ЎҚИТУВЧИСИ КЕНГ БИЛИМЛИ ВА ИЗЛАНУВЧАН ..

Кейинги йилларда математика фанини ўрганиш, ўргатиш ва ҳаётга татбиқ этишга эътибор...

Изоҳ қолдириш

image

Календарь

«    Октябрь 2021    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
image

Сайтимизнинг янги кўриниши сизга ёқдими?